Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi yuritiladi

Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi yuritiladi

Adliya vazirligi Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Milliy reyting Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan yuritiladi hamda davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari 4 ta asosiy toifa bo‘yicha baholanadi.

Nizomga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlari quyidagi yo‘nalishlar kesimida milliy reytingga kiritiladi:

  • amaliy fanlar;
  • tibbiyot fanlari;
  • ijtimoiy-gumanitar fanlar;
  • ijod (sport).

Belgilangan tartibga ko‘ra, har yili 1 noyabrga qadar o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.

Shuningdek, har yili 1 iyunga qadar talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma, shu bilan birga xalqaro ekspertlar ishtirokida xalqaro obro‘ni baholashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Milliy reytingni hisoblashda jami 25 ta indikator qo‘llaniladi. Ularning 5 tasi umummilliy so‘rovnoma natijalari asosida aniqlanadi. So‘rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun oliy ta’lim tashkilotidagi talabalar va professor-o‘qituvchilarning kamida 20 foizi ishtirok etishi talab etiladi.

Teglar:

O'xshash xabarlar