Oliygohga o‘qishga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglashtirilib, bitirgach, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi

Oliygohga o‘qishga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglashtirilib, bitirgach, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi

Shavkat Mirziyoyev kecha, 6-aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bilan tanishib, tegishli qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Muddatli harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga oʻqishga kirib, masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda askarlar uchun harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlash kurslari tashkil etilib, kirish imtihonlariga tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
  • Kontraktga oʻqishga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi;
  • OTMga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi;
  • Namunali xizmat oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi oʻrinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.
Teglar:

O'xshash xabarlar