O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar inobatga olinadi

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish tartibi yangilandi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yangi ma’muriy reglament tasdiqlandi. Unga ko‘ra, talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayonida ayrim imtiyoz va qulayliklar joriy etilmoqda.

Asosiy yangiliklardan biri — milliy va xalqaro sertifikatlar bilan bog‘liq. Endilikda chet tili hamda umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabalar imtihonlarda tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu tartib sertifikatga ega talabalar uchun o‘qishni ko‘chirish jarayonida qo‘shimcha ustunlik yaratadi.

Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Talabalar arizani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, maxsus platforma yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirishi mumkin.

Shuningdek, ariza topshirishda hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liq hamda to‘g‘ri kiritilishi muhim hisoblanadi.

Hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, noto‘g‘ri yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar aniqlansa, shuningdek, belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, ariza rad etilishi mumkin.

Muhim jihati, ariza topshirish muddati yakunlangunga qadar, ya’ni 5-avgustgacha, rad etilgan arizalarni kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta yuborish imkoniyati mavjud.

Talabalarga ariza topshirishdan avval sertifikatlari, shaxsiy ma’lumotlari va boshqa zarur hujjatlarini tekshirib olish tavsiya etiladi.

Teglar:

O'xshash xabarlar