Qabul-2026: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 138 mingdan oshdi

Qabul-2026: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 138 mingdan oshdi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 138 312 nafarga yetdi.

13-iyun soat 18:22 holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26 757 nafarga yoki 24 foizga ko‘pdir. 2025-yilda ushbu davrda 111 555 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 71 112 nafari joriy yil bitiruvchilari, 67 200 nafari esa avvalgi yillar bitiruvchilaridir.

Jins bo‘yicha taqsimotga ko‘ra, abituriyentlarning 75 017 nafari erkaklar, 63 295 nafari ayollardan iborat. Umumiy hisobda erkaklar ulushi 54,2 foizni, ayollar ulushi esa 45,8 foizni tashkil qilmoqda.

Ta’lim tili kesimida eng katta ulush o‘zbek tiliga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbek tilida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 122 433 nafar bo‘lib, bu jami abituriyentlarning 88,5 foiziga teng.

Rus tilida hujjat topshirganlar 13 754 nafar, qoraqalpoq tilida 1 841 nafar, boshqa tillarda esa 284 nafarni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda 27 628 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 20 foizi demakdir.

Keyingi o‘rinlardan Samarqand viloyati 15 322 nafar, Andijon viloyati 13 186 nafar, Farg‘ona viloyati 12 849 nafar hamda Qashqadaryo viloyati 10 194 nafar abituriyent bilan joy oldi.

Shuningdek, Namangan viloyatida 9 401 nafar, Navoiy viloyatida 8 544 nafar, Xorazm viloyatida 8 483 nafar, Surxondaryo viloyatida 8 297 nafar, Jizzax viloyatida 7 166 nafar va Buxoro viloyatida 6 516 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Nisbatan past ko‘rsatkichlar Nurafshon shahrida 1 073 nafar, Sirdaryo viloyatida 4 750 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 993 nafar abituriyent sifatida qayd etildi.

Ma’lumotlar 2026-yil 13-iyun soat 18:22 holatiga tegishli.

Teglar:

O'xshash xabarlar