Qabul-2026: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 154 mingdan oshdi

Qabul-2026: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 154 mingdan oshdi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 154 819 nafarga yetdi.

15-iyun soat 06:40 holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 708 nafarga yoki 16,3 foizga ko‘pdir. 2025-yilda ushbu davrda 133 111 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Ro‘yxatdan o‘tganlarning 78 505 nafari joriy yil bitiruvchilari, 76 314 nafari esa avvalgi yil bitiruvchilaridir. Bu joriy yil bitiruvchilari ulushi biroz yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Jins bo‘yicha taqsimotga ko‘ra, abituriyentlarning 84 123 nafari erkaklar, 70 696 nafari ayollardan iborat. Umumiy hisobda erkaklar ulushi 54,3 foizni, ayollar ulushi esa 45,7 foizni tashkil etdi.

Ta’lim tili kesimida eng katta ulush o‘zbek tiliga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbek tilida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 137 059 nafar bo‘lib, bu jami abituriyentlarning 88,5 foiziga teng.

Rus tilida hujjat topshirganlar 15 355 nafar, qoraqalpoq tilida 2 093 nafar, boshqa tillarda esa 312 nafarni tashkil qilmoqda.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda 31 186 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 20,1 foizi demakdir.

Keyingi o‘rinlardan Samarqand viloyati 17 152 nafar, Farg‘ona viloyati 14 538 nafar, Andijon viloyati 14 528 nafar hamda Qashqadaryo viloyati 11 433 nafar abituriyent bilan joy oldi.

Shuningdek, Namangan viloyatida 10 406 nafar, Navoiy viloyatida 9 515 nafar, Xorazm viloyatida 9 419 nafar, Surxondaryo viloyatida 9 200 nafar, Jizzax viloyatida 8 000 nafar va Buxoro viloyatida 7 327 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Nisbatan past ko‘rsatkichlar Nurafshon shahrida 1 229 nafar, Sirdaryo viloyatida 5 287 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 699 nafar abituriyent sifatida qayd etildi.

Ma’lumotlar 2026-yil 15-iyun soat 06:40 holatiga tegishli.

Teglar:

O'xshash xabarlar