Axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar taqdirlanadi

Axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar taqdirlanadi

Prezident farmoni bilan «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmonga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, endi axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.

Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi (ilgari 2 yil edi).

Teglar:

O'xshash xabarlar