“Ijtimoiy reestr”dagi talabalar kontraktining 50 foizigacha qoplab beriladi

“Ijtimoiy reestr”dagi talabalar kontraktining 50 foizigacha qoplab beriladi

Kasbiy va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan ayrim talabalar uchun kontrakt xarajatining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.

Kimlar subsidiya oladi

Subsidiya quyidagi talabalarga beriladi:

  • “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lsa

  • 14–30 yosh oralig‘ida bo‘lsa

  • kunduzgi ta’limda to‘lov-kontrakt asosida o‘qisa

Subsidiya miqdori

Talabaga:

  • kontrakt summasining 50 foizigacha

  • lekin BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi mumkin

Qaysi ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi

Bu tartib quyidagi joylarda kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi:

  • davlat oliy ta’lim tashkilotlari

  • nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

  • kasbiy ta’lim tashkilotlari

  • O‘zbekiston hududidagi xorijiy OTMlar va ularning filiallari

  • bakalavriat va magistratura bosqichlari

Qanday tartibda ajratiladi

  • Arizalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi

  • subsidiya ajratish bo‘yicha qarorni “Mahalla yettiligi” qabul qiladi

  • mablag‘lar talaba bilan tuziladigan ijtimoiy shartnoma asosida

    • ta’lim muassasasining bank hisobiga o‘tkaziladi

Subsidiya olgan talabaning majburiyatlari

Ijtimoiy yordam olgan talaba quyidagilarni bajarishi kerak:

  • o‘quv semestrida o‘rtacha o‘zlashtirish kamida “4” bo‘lishi

  • volontyorlik loyihalarida ishtirok etish

  • 6 oy davomida “Mutolaa” loyihasida har oy kamida 1 ta kitob o‘qish

  • 6 oy davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tilni kamida B1 darajada o‘zlashtirish

Arizalar qachon qabul qilinadi

  • Arizalar yil davomida qabul qilinadi

  • lekin iyul–sentabr oylarida qabul qilinmaydi

Kimlarga tatbiq etilmaydi

Bu tartib quyidagilarga amal qilmaydi:

  • masofaviy ta’lim

  • sirtqi ta’lim

  • kechki ta’lim

  • ikkinchi mutaxassislik

  • tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qiyotganlar

Teglar:

O'xshash xabarlar