Pedagoglar uchun har yillik majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin

Pedagoglar uchun har yillik majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda pedagog xodimlar salomatligini doimiy nazorat qilib borish maqsadida ularni har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini joriy etish taklif etilmoqda. Bu norma Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida aks ettirilgan.

Loyihaga muvofiq, respublikadagi barcha davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan pedagog xodimlar har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi majburiy bo‘ladi.

Shuningdek, davlat ta’lim muassasalarida bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya beruvchi pedagoglar uchun tibbiy ko‘rik O‘zbekiston davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, ya’ni kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasida tashkil etilishi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari pedagoglari esa tibbiy ko‘rikdan tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan o‘tadi. Bunda ko‘rik tegishli litsenziyaga ega davlat yoki nodavlat tibbiyot muassasalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyihada yana bir muhim norma sifatida pedagoglarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish mas’uliyati ish beruvchiga yuklatilishi belgilangan.

Bundan tashqari, pedagog tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan davrda uning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qolishi ham nazarda tutilgan.

Teglar:

O'xshash xabarlar