Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi

Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi

Hukumat qarori bilan “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unda Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratish va uni qaytarish tartibi belgilangan.

Nizomga ko‘ra, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 30 yoshdan oshmagan yoshlar hamda pedagog xodimlarga ajratiladi. Bunda ular QS yoki THE reytinglari bo‘yicha TOP-300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan hamda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi lozim.

Mablag‘ bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun ajratiladi. Bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda mablag‘ milliy valutada beriladi.

Ajratilgan mablag‘ning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni olish uchun bankka murojaat qilinganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, 1-kurslar uchun taklifnoma-xat, 2-kursdan boshlab akademik o‘zlashtirish natijalari, to‘lov-kontrakt shartnomasi, OTMning bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys, birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari ҳақида ma’lumot, shuningdek 30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma.

Mazkur mablag‘lar bo‘yicha stavka Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Teglar:

O'xshash xabarlar